Change language

Náboj - matematik bilimga to‘la qizg‘in musobaqa!

Musobaqa sanasi: 2025-yil 14-mart. Ro‘yxatdan o‘tish endi ochiq!

Náboj - <b>matematik</b> bilimga to‘la qizg‘in musobaqa!

Náboj haqida

Náboj o‘rta maktab o‘quvchilaridan iborat besh kishilik jamoalar uchun mo‘ljallangan xalqaro matematika musobaqasidir. Musobaqa 120 daqiqa davom etadi va bu vaqt ichida jamoalar imkon qadar ko‘proq masalalarni yechishga harakat qilishlari lozim. Musobaqa boshlanishida har bir jamoa oltita masala oladi. Jamoa qaysidir masalani to‘g‘ri yechganida, yangi masala oladi. Masalalarning javobi odatda bitta son bo‘ladi. Belgilangan vaqt ichida eng ko‘p masalani to‘g‘ri yechgan jamoa g‘olib deb topiladi. Musobaqada ishtirok etish bepul. Musobaqa haqida batafsil ma’lumotni “qoidalar” bo‘limida topishingiz mumkin.
Náboj haqida

Masalalar

Masalalarning qiyinlik darajasi ham matematika musobaqalarida tajribasi kam bo‘lgan ishtirokchilar uchun, ham matematika olimpiadasida muvaffaqiyat qozongan o‘quvchilar uchun moslashtirilgan. Bunga masalalarni ularning qiyinlik darajasiga qarab tartiblash orqali erishiladi. Náboj masalalari maktabda beriladigan oddiy mashqlardan sezilarli darajada farq qiladi: Náboj masalalari ijodkorlik va zukkolik talab qiladi. Musobaqada muvaffaqiyat qozonish faqat jamoa a’zolarining individual qobiliyatlariga emas, balki ularning samarali hamkorligiga ham bog‘liq. Tasavvur va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishdan tashqari, bizning maqsadimiz matematikaning cheksiz raqamlar olamiga qiziquvchilarni jalb qilishdir. Oldingi Náboj musobaqalaridagi masalalarni arxiv bo‘limidan topishingiz mumkin.
Masalalar

Toifalar

Jamoalar ikki toifada raqobatlashadi: O`smirlar va Kattalar. O`smirlar toifasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar 9 yoki undan oldingi sinflarda o‘qishi kerak (8- va 9- sinflarga tavsiya etiladi). Kattalar toifasi esa har qanday sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar uchun ochiq.
Toifalar

Náboj dunyo miqyosida

2005-yildan beri Náboj Math bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatlarda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu o‘quvchilarga o‘z bilim va qobiliyatlarini boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan solishtirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Garchi natijalar birinchi navbatda mahalliy miqyosda baholansa-da, xalqaro solishtirish qo‘shimcha motivatsiya va raqobatni vujudga keltiradi.
Náboj dunyo miqyosida

Upcoming Competition

The next year's Náboj will take place on 14th March 2025.
Upcoming Competition

Muhim sanalar

• Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi: 2025-yil 5-mart, soat 16:00 gacha • Ro‘yxatdan o‘tish tugashi: 2025-yil 12-mart, soat 16:00 gacha • Musobaqa kuni: 2025-yil 14-mart
  • Ro'yxatdan o'tish boshlanishi
    10-Fevral, 2025-yil, 16:00
  • Ikkinchi ro'yxatdan o'tish boshlanishi
    24-Fevral, 2025-yil, 16:00
  • Ro'yxatdan o'tish tugashi
    5-Mart, 2025-yil, 16:00
  • Musobaqa kuni
    14-Mart, 2025-yil
Musobaqa o`tkaziladigan joylar
O`zbekistonda Naboj olimpiadasi Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Jadval
14:00-15:00 – Kelish va ro‘yxatdan o‘tish
15:00-15:30 – Qoidalar va ko‘rsatmalar
15:30-17:30 – Musobaqa
17:30-18:30 – Mehmon o’qituvchining ma’ruzasi
18:30-20:00 – Natijalarni e’lon qilish
Ishtirokchi mamlakatlar
Avstriya, Chexiya, Estoniya, Germaniya, Vengriya, Eron, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya.
Mukofotlar
Eng yaxshi jamoalar o‘rinlariga qarab sertifikatlar va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Tashkilotchilar va hamkorlar